logo
O‘z
management

Firdavs Fridunovich Abduxoliqov

Firdavs Fridunovich Abduxoliqov - mediamenejer, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti bitiruvchisi Firdavs Abduxoliqov O‘zbekistondagi birinchi nodavlat teleradiokompaniyasi hamda ko‘ngilochar-axborot gazetasi asoschisi hisoblanadi.
Uning rahbarligi ostida 1991-yilning mart oyida Samarqanddagi STV mustaqil telekanalida ilk ko‘rsatuv efirga uzatila boshlandi, 1996--yilda esa telekanal qoshida “Darakchi” gazetasi tahririyati ochildi, keyinchalik u O‘zbekistonda eng ko‘p tirajga ega nashrga aylandi, 2000-yilda esa STV Samarqandda FM 104.5 radio to‘lqinida o‘z dasturlarini efirga uzata boshladi.
Ushbu natijalar Respublika jamoatchiligi va rahbariyatining e’tiboridan chetda qolmadi. 1998-yilda Firdavs Abduxoliqov O‘zteleradiokompaniya raisining o‘rinbosari, 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq deputati etib saylanib, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi va O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati bosh maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
Firdavs Abduxoliqov faol siyosiy-ijtimoiy faoliyatiga qaramay, mediamenejer sifatida ham faoliyatini davom ettirdi. Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib, 2002-yilda “Poytaxt” radiosiga asos solindi. Oradan bir yil o‘tib, mamlakatda zamonaviy radioeshittirishlar bozorini shakllantirish maqsadida Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi tashkil etildi va unga yuzdan ortiq mustaqil tahririyat a’zo bo‘ldi.
2006-yilda Firdavs Fridunovich «Uzbekistan Today» axborot agentligiga asos soldi va O‘zbekistonda birinchi ingliz tilidagi gazetalar chiqarila boshlandi, ular dunyoning 45 davlatiga tarqaldi va xorijda O‘zbekistonning haqiqiy axborot hamkoriga aylandi.
2014-yilda Abduxoliqov “Mening Yurtim 5” milliy yoshlarbop ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini ishga tushirdi, u darhol tomoshabinlar e’tiboriga tushdi hamda MY5 qisqartmasi bilan mashhur bo‘ldi. Kanal hozirgi kunda ham O‘zbekistondagi taniqli telekanallardan biri bo‘lib qolmoqda.
2016-yilda Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida asosiy axborot platformalaridan biri bo‘lgan "Press Club: Elections-2016" loyihasini muallif sifatida yo’lga qo’ydi. Keyinchalik, 2017-yilda u “Sevimli TV” telekanaliga asos solindi, bugungi kunda mazkur telekanal O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli efirlarni uzatuvchi kanal hisoblanadi.
Firdavs Abduxoliqov shuningdek, ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib keladi. U 2007- yilda iqtisodchi, 2023-yilda esa san’at bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2017-yildan buyon O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi hisoblanib,  o‘nlab kitoblar va ilmiy maqolalar muallifi hamdir.
Aytish kerakki, Firdavs Abduxoliqov 2019-yildan 2024-yilgacha "O‘zbekkino" milliy agentligini (keyinroq Kinematografiya agentligiga aylantirilgan) boshqargan. Shu davr mobaynida Prezident Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlashi asnosida Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi, Toshkentda Butunrossiya davlat Kinematografiya instituti (BDKI) filiali ochildi, kinostudiyalar modernizatsiya qilindi, yangi kino muassasalari tashkil etildi va eski o‘zbek filmlari raqamlashtirilib, vatanimizga qaytarildi. Firdavs Abduxoliqov Toshkent xalqaro kinofestivali bosh direktori bo‘libgina qolmay, Toshkentdagi BDKI filiali homiylar kengashi raisi va O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi raisi, MDH mamlakatlari va Gruziya kinostudiyalari xalqaro ijodiy uyushmasi raisi, Turk dunyosi Kinematografchilari uyushmasi prezidenti sifatida ham faoliyat yuritgan.
2024-yilning iyun oyidan boshlab Firdavs Fridunovich O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini boshqarib kelmoqda. U markazning konsepsiyasi, ilmiy mazmuni va uni ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida strategik rivojlantirish uchun mas’uldir.

Aloqa

+998 71 215 57 22

Email

info@sevimli.fm

Manzil

Toshkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 53. Indeks: 100060

player logo

Sevimli.fm103.5